Asosiy kontentga o‘tish

Magistraturaga qabul

Bakalavr diplomiga ega bo‘lganlar uchun 2 yillik magistratura dasturlari, jumladan MBA.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) ilmiy salohiyati yuqori, mustaqil fikrlaydigan va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan bakalavr bitiruvchilarini magistratura dasturlariga o‘qishga taklif etadi.

Qabul jarayoni muddati

  • Har yili 1-avgustdan 30-sentabrgacha davom etadi.

Hujjat topshirish tartibi

Magistratura bosqichiga o‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi lozim:

  • Pasport yoki ID karta nusxasi
  • Bakalavr diplomi va ilovasi (baholar ko‘rsatilgan bo‘lishi shart)
  • 3×4 hajmdagi 4 dona fotosurat
  • Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa – IELTS, CEFR, TOEFL va boshqalar)
  • Hujjatlar onlayn (AIFU veb-sayti orqali) yoki universitet binosiga kelib bevosita topshiriladi.

Kirish imtihonlari

AIFU magistratura dasturlariga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:

Mutaxassislik fanlari bo‘yicha test sinovlari

  • Imtihonlar onlayn va offline shaklda tashkil etilishi mumkin.

Motivatsion suhbat (intervyu)

  • Ilmiy qiziqishlar, tadqiqot mavzusi va kelajakdagi rejalarga oid savollar
  • Suhbat natijalari yuqori baholangan abituriyentlar orasida grantlar taqsimlanadi.

Imtiyozlar va qo‘shimcha imkoniyatlar

Xorijiy til biluvchi abituriyentlar uchun

  • CEFR C1/C2, IELTS 7.5+, TOEFL 100+ sertifikatiga ega abituriyentlar til imtihonidan ozod qilinadi va qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi

Fan olimpiadalari ishtirokchilari uchun

  • Xalqaro yoki respublika darajasidagi ilmiy tanlov va olimpiadalarda g‘oliblikka erishganlar uchun imtihonlarsiz qabul qilinishi mumkin

Grantlar tizimi

— CEFR C1/C2, IELTS 7.5+, TOEFL 100+

— Xitoy tilidan HSK 4 va unda yuqori

— SAT imtihonlaridan 1300 va unda yuqori to‘laganlar

Shu kabi shaxsiy natijalarga ega abituriyentlarga suhbat asosida yillik kontrakt narxining 50% gacha grantlar ajratilishi mumkin!

Nega aynan AIFU magistraturasi?

Ilmiy izlanishlar uchun qulay muhit

O‘z sohasida yetuk ilmiy rahbarlar

Xalqaro konferensiyalar, ilmiy nashrlar va tadqiqot imkoniyatlari

Zamonaviy kutubxona, elektron resurslar va kompyuter xonalari

Magistraturaga hujjat topshiring – o‘z ilmiy va professional rivojlanish yo‘lingizni AIFU bilan boshlang!

Agar sizda orzu, salohiyat va qat’iyat bo‘lsa – biz siz uchun imkoniyat yaratamiz!

Savol-javob

Qanday qilib AIFUga onlayn ariza topshiraman?

“Onlayn ariza topshirish” tugmasini bosing va ochilgan shaklni to‘ldiring. Shaxsiy ma’lumotlar, yo‘nalish va aloqa ma’lumotlarini kiriting, so‘ng tasdiqlang. Arizangiz qabul qilingach, email yoki telefon orqali xabarnoma beramiz.

Qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?

Pasport (ID-karta) nusxasi, attestat/diplom, 3x4 rasm (elektron), aloqa raqami va email. Mavjud bo‘lsa — IELTS/CEFR sertifikati.

Qabul muddatlari qachon?

Qabul 1-iyundan 30-sentabrgacha davom etadi.

Til talablari qanday (IELTS/CEFR)?

Dastur tiliga qarab talab bo‘lishi mumkin. Sertifikat yo‘q bo‘lsa — ichki sinovdan o‘tish mumkin.

Kirish imtihoni bormi?

Yo‘nalishga bog‘liq: test, suhbat yoki portfel baholash bo‘lishi mumkin.

Boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.

Arizam holatini qayerdan bilaman?

Shaxsiy kabinetda ko‘rasiz. Email/SMS orqali ham xabarnoma yuboriladi.

Yosh bo‘yicha cheklov bormi?

Bakalavr uchun qat’iy yosh cheklovi yo‘q. Ayrim dasturlarda alohida talablar bo‘lishi mumkin.

Grant o‘rinlari cheklanganmi?

Ha. Jami 260 ta grant ajratilgan (umumiy qiymati 5,1 milliard so‘m). 100% grantlar soni chegaralangan, 50% grantlar esa har bir mezon bo‘yicha 20 tadan beriladi. Bundan tashqari, har yili bakalavriat talabalari uchun davlat grantlari ham ajratiladi.

DTM (BMBA) natijasi bilan grant olsa bo‘ladimi?

Ha. 100 balldan — bakalavriatning barcha yo‘nalishlarida universitet granti (miqdori ballingizga qarab: 115+ ball — 25%, 145+ ball — 50%), 180 balldan — suhbat asosida 100% grant. 70 balldan esa qayta imtihonsiz qabul qilinasiz.

Ariza qanday topshiriladi?

Ariza onlayn — qabul.aifu.uz tizimi orqali topshiriladi. Dastur, ta’lim tili va shaklini tanlang, hujjatlarni yuklang va kirish testiga yoziling.

Qanday hujjatlar kerak?

Pasport yoki ID-karta, attestat yoki diplom, 3×4 rasm. Til sertifikati bo‘lsa, imtiyoz beradi.

O‘qishni boshqa universitetdan ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.

Bir nechta dasturga ariza bersa bo‘ladimi?

Yo‘q, faqat bitta ta’lim yo‘nalishiga ariza topshirish mumkin.

Grantga qanday ariza topshiriladi?

qabul.aifu.uz orqali hujjat topshiring va grant suhbati uchun ro‘yxatdan o‘ting. Har bir grant mezoniga mos keluvchi abituriyent suhbat asosida tanlab olinadi. Murojaat uchun: +998 78 555 21 21, @aifu_qabul_bot.

Ariza topshirishga tayyormisiz?

Ariza qabul.aifu.uz orqali onlayn topshiriladi.