Asosiy kontentga o‘tish

Universitet haqida

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti 2022-yilda tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi.

AIFU bosh binosi, Toshkent

Universitet haqida

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti haqida

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – bu 2022-yilda tashkil etilgan zamonaviy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, asosiy maqsadi yangi bilimlar yaratish va ularni jamiyat bilan baham ko‘rishdir.

AIFU binosi foyesi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – bu 2022-yilda tashkil etilgan zamonaviy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, asosiy maqsadi yangi bilimlar yaratish va ularni jamiyat bilan baham ko‘rishdir. Universitetimizda talabalarni faqat bilim bilan emas, balki tanqidiy fikrlash, mustaqil o‘rganish va jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlashga katta e’tibor qaratiladi. Hozirda biz o‘zbek, rus va ingliz tillarida 20 dan ortiq bakalavriat hamda 15 dan ortiq magistratura ta’lim dasturlari orqali keng qamrovli va zamonaviy ta’limni taqdim etmoqdamiz.

Ilmiy izlanishlar va amaliyotning uyg‘unlashuvi universitetimizning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Biz talabalarni nafaqat nazariy bilimga, balki real dunyo muammolarini hal qilishga ham tayyorlaymiz.

Universitetimizning asosiy boyligi – bu yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jamoasidir. Ular o‘z sohalarida yetakchi mutaxassislar bo‘lib, nafaqat dars berish, balki ilmiy tadqiqotlar olib borish, talabalarni innovatsion fikrlashga undash va ularni zamonaviy kasb-hunarlar bilan tanishtirishga katta hissa qo‘shadi.

Shu sababli, talabalarimiz dunyo standartlariga mos, raqobatbardosh bilim va ko‘nikmalarni egallash imkoniga ega bo‘ladi. Universitetda ochiq fikr almashish, yangi g‘oyalar yaratish va erkin munozaralar madaniyati rivojlanmoqda. Bu muhit har bir talabaga o‘z salohiyatini to‘liq ochish va kelajakda yetakchi mutaxassis hamda jamiyat faol fuqarosi bo‘lish imkonini beradi.

Raqamlarda

Talabalar: Talaba
5000+Talaba
Talabalar: Bitiruvchi
1000+Bitiruvchi
Ta’lim: Professor-o‘qituvchi
100+Professor-o‘qituvchi
Xalqaro: Chet elda ta’limga yuborilganlar
250+Chet elda ta’limga yuborilganlar
Talabalar: Olimpiada va xakaton
20+Olimpiada va xakaton
Ta’lim: Litsenziyalangan ta’lim yo‘nalishi
31Litsenziyalangan ta’lim yo‘nalishi
Ta’lim: Kafedra
4Kafedra
Ta’lim: Kampus
2Kampus
Xalqaro: Dunyo bo‘ylab hamkor OTM
40+Dunyo bo‘ylab hamkor OTM

Talabalar uchun imkoniyatlar

  • AIFU Karyera markazi

    Amaliyot, rezyume va ishga joylashishda yordam. Markaz Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori asosidagi dastur doirasida «O‘zmilliybank» AJ huzuridagi «Kelajakka qadam» markazi bilan hamkorlikda bitiruvchilarni mehnat bozoriga tayyorlaydi.

    Batafsil
  • «Yashil universitet»

    Ekologik barqarorlik, yashil infratuzilma va atrof-muhitni asrash yo‘nalishidagi tashabbuslar.

    Batafsil
  • Grantlar va moliyaviy yordam

    AIFU ta’lim granti, olimpiada g‘oliblari uchun 100%, 50% va 30% li grantlar hamda akademik, sport va ijodiy yutuqlar uchun ta’lim to‘lovidan qisman yoki to‘liq ozod qilish. Grantlar ro‘yxati, shartlari va ariza topshirish — grantlar sahifasida.

    Grantlar sahifasi
  • Infratuzilma

    Zamonaviy o‘quv binolari, auditoriyalar, kompyuter xonalari, kutubxona va yuqori tezlikdagi internet — samarali ta’lim va amaliy ko‘nikmalar uchun.

    Batafsil
Aniq fanlar kafedrasi

Kafedra

Aniq fanlar kafedrasi

Matematika, informatika, statistika va fizika — texnik va analitik tafakkur asosida.

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Kafedra

Ijtimoiy fanlar kafedrasi

Tarix, huquqshunoslik, falsafa, siyosatshunoslik va psixologiya — jamiyat, inson va davlat.

Iqtisodiyot kafedrasi

Kafedra

Iqtisodiyot kafedrasi

Iqtisodiyot nazariyasi, makro va mikroiqtisodiyot, moliya, menejment va marketing.

Chirchiq kampusi binosi

Kampus

Chirchiq kampusi

Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 253-uy