Yashil universitet
Atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan dastur.

Dastur haqida
Ekologik barqarorlik — universitet qadriyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti atrof-muhitni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiq holda «Yashil universitet» tashabbusini izchil amalga oshirib kelmoqda. Dastur doirasida universitet hududida ekologik muhitni yaxshilash, yashil infratuzilmani rivojlantirish va tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Tashabbuslar
«Yashil universitet» xronikasi
23.10.2023
Universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish
Archa, pavlovniya, sosna hamda boshqa manzarali daraxtlar ekildi.
04.05.2024
Yozuvchilar bilan daraxt ekish
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Abdulla Sher, Abdunabi Boyqo‘ziyev va Fozil Jabborov rektor G‘olibjon Botirov va talabalar bilan ramziy daraxt ekishdi.
15.03.2025
«Yashil makon» marafoni, Jizzax
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at yig‘ilishi doirasidagi marafonda rektor G‘olibjon Botirov mevali daraxtlar ekdi.
InnoWeek
Green Tech Hackathon — 3-o‘rin
GIZ ko‘magidagi «yashil» texnologiyalar musobaqasida Chirchiq o‘quv binosi Turizm yo‘nalishi talabalari Sabina Bobokulova va Sheroza Sayfiddinova 3-o‘rinni egallab, 10 000 000 so‘mlik mukofotni qo‘lga kiritdi.

