Savol-javob
Qabul
Qanday qilib AIFUga onlayn ariza topshiraman?
“Onlayn ariza topshirish” tugmasini bosing va ochilgan shaklni to‘ldiring. Shaxsiy ma’lumotlar, yo‘nalish va aloqa ma’lumotlarini kiriting, so‘ng tasdiqlang. Arizangiz qabul qilingach, email yoki telefon orqali xabarnoma beramiz.
Qaysi hujjatlar kerak bo‘ladi?
Pasport (ID-karta) nusxasi, attestat/diplom, 3x4 rasm (elektron), aloqa raqami va email. Mavjud bo‘lsa — IELTS/CEFR sertifikati.
Qabul muddatlari qachon?
Qabul 1-iyundan 30-sentabrgacha davom etadi.
Til talablari qanday (IELTS/CEFR)?
Dastur tiliga qarab talab bo‘lishi mumkin. Sertifikat yo‘q bo‘lsa — ichki sinovdan o‘tish mumkin.
Kirish imtihoni bormi?
Yo‘nalishga bog‘liq: test, suhbat yoki portfel baholash bo‘lishi mumkin.
Boshqa OTMlardan o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.
Arizam holatini qayerdan bilaman?
Shaxsiy kabinetda ko‘rasiz. Email/SMS orqali ham xabarnoma yuboriladi.
Yosh bo‘yicha cheklov bormi?
Bakalavr uchun qat’iy yosh cheklovi yo‘q. Ayrim dasturlarda alohida talablar bo‘lishi mumkin.
Grant o‘rinlari cheklanganmi?
Ha. Jami 260 ta grant ajratilgan (umumiy qiymati 5,1 milliard so‘m). 100% grantlar soni chegaralangan, 50% grantlar esa har bir mezon bo‘yicha 20 tadan beriladi. Bundan tashqari, har yili bakalavriat talabalari uchun davlat grantlari ham ajratiladi.
DTM (BMBA) natijasi bilan grant olsa bo‘ladimi?
Ha. 100 balldan — bakalavriatning barcha yo‘nalishlarida universitet granti (miqdori ballingizga qarab: 115+ ball — 25%, 145+ ball — 50%), 180 balldan — suhbat asosida 100% grant. 70 balldan esa qayta imtihonsiz qabul qilinasiz.
Ariza qanday topshiriladi?
Ariza onlayn — qabul.aifu.uz tizimi orqali topshiriladi. Dastur, ta’lim tili va shaklini tanlang, hujjatlarni yuklang va kirish testiga yoziling.
Qanday hujjatlar kerak?
Pasport yoki ID-karta, attestat yoki diplom, 3×4 rasm. Til sertifikati bo‘lsa, imtiyoz beradi.
O‘qishni boshqa universitetdan ko‘chirsa bo‘ladimi?
Ha, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish mumkin, xorijiy OTMlardan esa qabul qilinmaydi. Ariza faqat vazirlikning transfer.edu.uz platformasi orqali beriladi: platformada ro‘yxatdan o‘tmagan arizalar qabul qilinmaydi. Ko‘chirish yiliga bir marta — yozgi ta’til davrida o‘tkaziladi. Fanlar farqi transkript va sillabuslar asosida aniqlanadi.
Bir nechta dasturga ariza bersa bo‘ladimi?
Yo‘q, faqat bitta ta’lim yo‘nalishiga ariza topshirish mumkin.
Grantga qanday ariza topshiriladi?
qabul.aifu.uz orqali hujjat topshiring va grant suhbati uchun ro‘yxatdan o‘ting. Har bir grant mezoniga mos keluvchi abituriyent suhbat asosida tanlab olinadi. Murojaat uchun: +998 78 555 21 21, @aifu_qabul_bot.
