Konferensiya
ICTS 2026 — tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya
«Interpreting Change: Language, Technology, and Human Connection». 16 mamlakatdan 150 nafar delegat; AIFU va Silk Road Global Institute hamkorligida.

«Interpreting Change: Language, Technology, and Human Connection». 16 mamlakatdan 150 nafar delegat; AIFU va Silk Road Global Institute hamkorligida.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Anjumanda 16 mamlakatdan 150 nafar delegat ishtirok etdi.
Mavzular
- Tarjima va tarjimonlikda sun’iy intellekt
- Zamonaviy til texnologiyalari
- Madaniyatlararo muloqot
- Professional amaliyot va inson omili
Dastur
Ikki bosh plenar ma’ruza, 13 ta keynote ma’ruza va 25 ta parallel ilmiy sessiya. Ilmiy ishlar anonim taqrizdan o‘tkazildi. Ishchi tillar: o‘zbek, ozarbayjon, rus, turk va ingliz.
Ochilish marosimi
Rektor professor G‘olibjon Botirov, BMTning O‘zbekistondagi rezident koordinatori Sabine Machl, ICTS konferensiyalari raisi Dr Azamat Akbarov, Webster University in Tashkent ijrochi direktori Dr Rasul Rakhmonov va Uzbekistan Teachers of English Association rahbari Mirjalol Mirsobitov ishtirok etdi.
ICTS seriyasi 2015-yilda Sarayevoda boshlangan; AIFU konferensiyaga uchinchi yil ketma-ket mezbonlik qilmoqda. Tadbir 30-sentabr — Xalqaro tarjimonlar kuniga bag‘ishlandi.
Ma’ruzachilar
Federico M. Federici
Professor, University College London Tarjimashunoslik markazi direktori
Pilar Sánchez-Gijón
Professor, Universitat Autònoma de Barcelona; Tradumàtica jurnali bosh muharriri
