Asosiy kontentga o‘tish

Universitet hayoti

AIFU va Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) hamda Turkiya Respublikasining Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumni imzolash…

AIFU va Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) hamda Turkiya Respublikasining Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni imzolash marosimi Bandırma Onyedi Eylül Universiteti rektoratida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bandırma Onyedi Eylül Universiteti rektori, professor İsmail Boz hamda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Bandırma Onyedi Eylül Universitetining Turkcha va xorijiy tillarni o‘qitish amaliy va ilmiy-tadqiqot markazi direktori, Inson va jamiyat fanlari fakulteti dotsenti Ümit Akın, Atatürk tamoyillari va inqilob tarixi bo‘limi mudiri Yusuf Kılıçaslan, shuningdek Xalqaro aloqalar koordinatori dotsent Selahattin Koşunalp ham qatnashdi.

Imzolangan memorandum doirasida ikki universitet o‘rtasida:

  • qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish,
  • birgalikdagi akademik nashrlar tayyorlash,
  • talabalar, professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish,
  • konferensiya, seminar va simpoziumlar kabi ilmiy tadbirlarni tashkil etish
    kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Mazkur hamkorlik memorandumi Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining xalqaro akademik aloqalarini kengaytirish, ilmiy salohiyatini mustahkamlash hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Imzolangan memorandum har ikki oliy ta’lim muassasasi uchun samarali, barqaror va uzoq muddatli hamkorlikka mustahkam asos bo‘lishiga ishonch bildiramiz.

Fotogalereya

  • AIFU va Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
  • AIFU va Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
  • AIFU va Bandırma Onyedi Eylül Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Tegishli

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!
Yangilik | Universitet hayoti

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!

🎉 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Kelajakni orzu qiladigan emas, uni bugundan bunyod etadigan avlod — bu yoshlardir. 💙 Har bir g‘oya — imkoniyat, Har bir qadam — muvaffaqiyat, Har bir orzu — yangi marralar sari yo‘l! Bugun ilm olayotgan, izlanayotgan,…

1 daqiqa o‘qish