Universitet hayoti
AIFU va Konfutsiy Instituti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda «TDSHU huzuridagi Konfutsiy Instituti» o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hamkorlik talabalarimiz uchun Xitoy tili va madaniyatini o‘rganishda yangi ufqlar ochadi. Talabalar uchun qanday…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda «TDSHU huzuridagi Konfutsiy Instituti» o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik talabalarimiz uchun Xitoy tili va madaniyatini o‘rganishda yangi ufqlar ochadi.
Talabalar uchun qanday imkoniyatlar taqdim etiladi?
Akademik almashinuv: Qisqa muddatli til kurslari, yozgi oromgohlar va xalqaro til sertifikati (HSK/HSKK) imtihonlarini tashkil etish.
Xitoyda amaliyot: AIFU o‘z hamkorlari bo‘lmish Harbin Institute of Technology, Harbin Engineering University va boshqa nufuzli OTMlarga talabalarni amaliyotga yuboradi.
🎓 Konfutsiy instituti talabalari uchun maxsus grantlar, universitetimiz xitoy tili bilimdonlarini qo‘llab-quvvatlaydi:
✅ 100% Grant: HSK 4 sertifikatiga ega talabalar uchun.
✅ 30% dan 50% gacha Grant: HSK 3 sertifikatiga ega talabalar uchun.
Ushbu kelishuv ikki tomonlama ta’lim sifatini oshirish va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Fotogalereya
Tegishli
Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi
Universitetimizda psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta yangi o‘quv adabiyoti nashr etildi Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘qituvchisi G.B. Xudoyqulova psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma tayyorladi.…
1 daqiqa o‘qish

AIFU magistranti bo‘ling — Xitoyga bepul sayohat qiling va xalqaro malaka oshiring!
Siz magistraturada o‘qib, Xitoyga bepul borish, dunyoga mashhur maskanlarni ko‘rish va bir vaqtning o‘zida xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishni xohlaysizmi? 🎒 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti magistraturasining Lingvistika (xitoy tili)…
1 daqiqa o‘qish

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!
🎉 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Kelajakni orzu qiladigan emas, uni bugundan bunyod etadigan avlod — bu yoshlardir. 💙 Har bir g‘oya — imkoniyat, Har bir qadam — muvaffaqiyat, Har bir orzu — yangi marralar sari yo‘l! Bugun ilm olayotgan, izlanayotgan,…
1 daqiqa o‘qish




