Ilm-fan
AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi.
Sammit dasturi doirasida ishtirokchilar Jahon savdo tashkiloti (WTO) binosiga tashrif buyurishdi, BMTning Jeneva bo‘limi va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muloqot qildilar.
Universitetimiz vakili ushbu muhitda sun’iy intellekt va raqamli yechimlar kelajak iqtisodiyoti hamda boshqaruvini qanday o‘zgartirayotgani haqidagi fikrlarini ilgari surdi — va xalqaro ekspertlar bilan AI sohasida chuqur savol-javoblar olib bordi.
Jeneva — BMT, JSST va boshqa global tashkilotlar joylashgan dunyo markazi. Universitetimiz vakilining aynan shu maydonda, sun’iy intellekt mutaxassisi sifatida ishtiroki xalqaro e’tirof belgisidir.
✅ Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti — Sun’iy intellekt va innovatsiya bilan xalqaro maydonda.
Jeneva, Shveysariya
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Vebsayt
Fotogalereya
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

Universitetimiz vakili xalqaro miqyosda yana bir muvaffaqiyatga erishdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti katta o‘qituvchisi Zoxidov Abdulla Alimovich Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan European Youth Summit 2026 xalqaro forumida universitetimiz nomidan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. To‘rt kun davom etgan ushbu…
1 daqiqa o‘qish




