Asosiy kontentga o‘tish

Qabul va grantlar

Bakalavriat qabul jarayonlari haqida ma’lumotlar!

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni har yili 1-iyundan 30-sentabrgacha bo‘lgan oraliqda hujjat topshirishga taklif etadi. 🗂️ Hujjat topshirish jarayoni Abituriyentlar AIFU rasmiy…

Bakalavriat qabul jarayonlari haqida ma’lumotlar!
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni har yili 1-iyundan 30-sentabrgacha bo‘lgan oraliqda hujjat topshirishga taklif etadi.

🗂️ Hujjat topshirish jarayoni

Abituriyentlar AIFU rasmiy veb-sayti(aifu.uz va qabul.aifu.uz) orqali onlayn tarzda yoki universitet binosida shaxsan kelib hujjat topshirishlari mumkin. Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

Pasport yoki ID karta nusxasi

Tugallangan o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (attestat yoki diplom)

3×4 hajmdagi 4 dona rasm

Til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)

Ilova (ballar ko‘rsatilgan)

📝 Kirish imtihonlari

Qabul jarayonida abituriyentlar o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta mutaxassislik fanidan imtihon topshiradi.

1 — Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 3.1 ball bilan baholanadi

2 — Mutaxassislik fani uchun – 30 ta test savoli, har biri 2.1 ball bilan baholanadi

Imtihonlar abituriyentlar qulayligi uchun onlayn va offline formatda o‘tkaziladi. Natijalar shaffoflik tamoyiliga asoslangan holda e’lon qilinadi.


Tegishli

🎓 Jamoangiz bilan magistraturada o‘qing — har biringizga imtiyoz!
Yangilik | Qabul va grantlar

🎓 Jamoangiz bilan magistraturada o‘qing — har biringizga imtiyoz!

Magistratura — karyerangizni keyingi bosqichga olib chiqadigan eng qisqa yo‘l. Bu qadamni ish jamoangiz bilan birga tashlasangiz, o‘qish har biringiz uchun arzonlashadi. 🎒 AIFUda jamoaviy imtiyoz ishlaydi: bir tashkilotdan qancha ko‘p xodim birga…

1 daqiqa o‘qish