Tadbirlar
Psixologiya konferensiyasi materiallari to‘plami e’lon qilindi
📥 ⬇ KONFERENSIYA TO‘PLAMINI YUKLAB OLISH UCHUN SHU YERGA BOSING 🧠 «Axborotlashgan jamiyatda psixologik tadqiqotlar: zamonaviy tahdidlar va rivojlanish imkoniyatlari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami tayyor bo‘ldi.…

📥 ⬇ KONFERENSIYA TO‘PLAMINI YUKLAB OLISH UCHUN SHU YERGA BOSING
🧠 «Axborotlashgan jamiyatda psixologik tadqiqotlar: zamonaviy tahdidlar va rivojlanish imkoniyatlari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami tayyor bo‘ldi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Oxus universiteti hamkorligida 2026-yil 22-may kuni o‘tkazilgan konferensiyada respublikaning oliy ta’lim muassasalari vakillari, psixologiya sohasi mutaxassislari va ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etgan edi.
➡️ To‘plamdan quyidagi yo‘nalishlardagi ilmiy ishlar o‘rin olgan:
— Shaxs psixologik salomatligi va ruhiy barqarorlik
— Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning ta’limdagi psixologik jihatlari
— Oilaviy muhitdagi ijtimoiy-psixologik muammolar, deviant xulq-atvor profilaktikasi
— Kiberxavfsizlik va psixologik xizmatning zamonaviy yondashuvlari
Tezislari to‘plamga kiritilgan barcha mualliflarga minnatdorlik bildiramiz.
🔖 Qo‘shimcha savollar yuzasidan: @ergashev_1234 (Jo‘rabek Ergashev)
Tegishli

AIFU Pitch Day 3.0 ochilish marosimi bo’lib o’tdi
AIFU Pitch Day 3.0 tanlovining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G’olibjon Botirov ochib berdi. Tadbir tashkilotchisi Abdulla Zoxidov ishtirokchilarni hakamlar hay’ati a’zolari bilan…
1 daqiqa o‘qish

AIFU Pitch Day 3.0 — startapingizga $100 000 gacha investitsiya jalb qiling!
Startap g‘oyangiz bor, lekin uni investorlar oldida taqdim etish va rivojlantirish uchun imkoniyat izlayapsizmi? Unda AIFU Pitch Day 3.0 aynan siz uchun! Respublika miqyosidagi startap tanlovida 16–40 yoshdagi dasturchilar, dizaynerlar va startap…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda imo-ishora tili bo‘yicha master-klass o‘tkazildi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida professional imo-ishora tili tarjimoni va ekspert E’zoza Ahmedova ishtirokida master-klass tashkil etildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar imo-ishora tilining asoslari, samarali muloqot usullari, professional…
1 daqiqa o‘qish
