Konferensiya
Turkiy xalqlar tili, madaniyati va tarixi — xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya
O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston universitetlaridan 100 dan ortiq olim; 6 ta sho‘ba.

O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘iston universitetlaridan 100 dan ortiq olim; 6 ta sho‘ba.
Konferensiya O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘istonning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari vakillarini birlashtirdi. Turkiy xalqlar tili, madaniyati va tarixini tadqiq etayotgan 100 dan ortiq professor-olim va yosh tadqiqotchi ma’ruza qildi.
6 ta sho‘bada turkiy tillarning rivojlanish bosqichlari, buyuk mutafakkirlar merosi va madaniyatlararo muloqot masalalari tahlil qilindi. Muloqotlar oflayn va Zoom orqali onlayn formatda o‘tdi.
Tadbirni rektor, professor G‘olibjon Botirov ochdi; Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ebubakir Aydin va xorijiy rektorlar tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.
