Asosiy kontentga o‘tish

Universitet hayoti

AIFU Matematika Olimpiadasi

🔴2025 yil 21 dekabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan Respublika bo‘yicha yuqori sinf maktab o‘quvchilari hamda kollej/litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. 🏆Birinchi…

AIFU Matematika Olimpiadasi
AIFU

🔴2025 yil 21 dekabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan Respublika bo‘yicha yuqori sinf maktab o‘quvchilari hamda kollej/litsey o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan matematika olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🏆Birinchi bosqichda 56 va undan yuqori ball to‘plagan 157 ta o‘quvchi keyingi bosqichga taklif qilingan edi. Yakuniy bosqichda 50 nafar o‘quvchi o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun yetib kelishdi. Sinov natijalariga ko‘ra quyidagi 6 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi:

1-o‘rin (3 000 000 so‘m): Annayev Murodulloh Mansuraliyevich — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi;
1-o‘rin (3 000 000 so‘m): Mamajonov Azizbek Rahmonali o‘g‘li — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Guliston filiali;
2-o‘rin (2 500 000 so‘m): Saparbaev Sultanbek Shimbergenovich — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali;
2-o‘rin (2 500 000 so‘m): Ochilov Siyovush Shonazarovich — Buxoro viloyati Qorako‘l tuman IMI;
2-o‘rin (2 500 000 so‘m): Rahmonqulov Dostonbek Sherzod o‘g‘li — Sirdaryo viloyati Yangiyer IM;
3-o‘rin (1 500 000 so‘m): Jo‘raqulov Sherzodjon Alisher o‘g‘li — Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek maktabi.

2-bosqich umumiy natijalar: bu yerda

Javoblar va baholash mezoni: bu yerda

Pul mukofotlaridan tashqari, Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga quyidagi tartibda grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi:

1-o‘rin — 100% grant
2-o‘rin — 50% grant
3-o‘rin — 30% grant

Barcha g‘olib o‘quvchilarni tabriklaymiz.

Fotogalereya

  • AIFU Matematika Olimpiadasi
  • AIFU Matematika Olimpiadasi
  • AIFU Matematika Olimpiadasi
  • AIFU Matematika Olimpiadasi

Tegishli

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!
Yangilik | Universitet hayoti

Kelajak qurayotgan avlodga — Yoshlar kuni muborak!

🎉 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Kelajakni orzu qiladigan emas, uni bugundan bunyod etadigan avlod — bu yoshlardir. 💙 Har bir g‘oya — imkoniyat, Har bir qadam — muvaffaqiyat, Har bir orzu — yangi marralar sari yo‘l! Bugun ilm olayotgan, izlanayotgan,…

1 daqiqa o‘qish