Xalqaro hamkorlik
AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda xitoylik talabalarni AIFU magistratura dasturlariga jalb qilish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xi’an International University — 1992-yilda tashkil etilgan, Xitoyning Sian shahrida faoliyat yurituvchi xalqaro yo‘nalishga ega universitet. XAIU bugungi kunda dunyoning 100 dan ortiq universitetlari bilan hamkorlik qiladi va 23 mamlakatdan 2500 dan ortiq xalqaro talabaga ta’lim bergan.
Tomonlar kelgusida ushbu yo‘nalishlarni ta’lim dasturlari va talabalar uchun amaliy xalqaro imkoniyatlarga aylantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
Fotogalereya
Tegishli

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish

University College London professori Federico M. Federici AIFUga tashrif buyuradi
University College London professori Federico M. Federici AIFUga kelmoqda! UCL Tarjimashunoslik markazi direktori, favqulodda vaziyatlarda tarjima va xalqaro muloqot bo‘yicha mutaxassis. Yangi Zelandiya Qizil Xochi bilan ko‘ngilli tarjimonlarni tayyorlash…
1 daqiqa o‘qish




