Xalqaro hamkorlik
Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…

AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi?
Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi!
U 2001-yildan beri tarjima texnologiyalari bo‘yicha magistratura dasturiga rahbarlik qiladi, sohaga ixtisoslashgan Tradumàtica ilmiy jurnalining bosh muharriri.
Ma’ruzasida uchta dolzarb masalani yoritadi:
- AI davrida tarjimonning vazifasi qanday o‘zgaradi?
- Endi qaysi ko‘nikmalar zarur?
- Tarjimonlarni qanday o‘qitish kerak?
Tarjimonlar, til o‘qituvchilari va tadqiqotchilar — kasbingiz kelajagiga doir muhokamaga qo‘shiling!
Xalqaro konferensiya 26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida bo‘lib o‘tadi! Oflayn va onlayn shaklda, ishtirok etish — bepul.
Ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | LinkedIn | Veb-sayt
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

University College London professori Federico M. Federici AIFUga tashrif buyuradi
University College London professori Federico M. Federici AIFUga kelmoqda! UCL Tarjimashunoslik markazi direktori, favqulodda vaziyatlarda tarjima va xalqaro muloqot bo‘yicha mutaxassis. Yangi Zelandiya Qizil Xochi bilan ko‘ngilli tarjimonlarni tayyorlash…
1 daqiqa o‘qish
