Asosiy kontentga o‘tish

Ilm-fan

Milliy iqtisodiy rivojlanish va innovatsion o‘zgarishlar bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiya

Mavzu: «O‘zbekiston 2030 yil sari: barqaror iqtisodiy o‘sish, strategik vazifalar va amaliy yechimlar» Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti moliya sektori vakillari hamda nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtirokida respublika ilmiy-amaliy konferensiya…

Milliy iqtisodiy rivojlanish va innovatsion o‘zgarishlar bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy konferensiya
AIFU

Mavzu: «O‘zbekiston 2030 yil sari: barqaror iqtisodiy o‘sish, strategik vazifalar va amaliy yechimlar»

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti moliya sektori vakillari hamda nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtirokida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy muhokamalar olib boriladi:
— makroiqtisodiy barqarorlik va innovatsion rivojlanish;
— investitsiyalar va “yashil” iqtisodiyot strategiyalari;
— inklyuziv iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlikni rivojlantirish;
— raqamli transformatsiya va ilm-fan integratsiyasi.
— O‘tkazilish vaqti: 2026-yil 18-aprel, soat 10:00
— Tezislar qabuli: 2026-yil 10-aprelga qadar
— Ishchi tillar: o‘zbek va rus tillari

Ishtirokchilarga taqdim etiladi:
— bepul ishtirok va materiallarni chop etish;
— konferensiya materiallari elektron to‘plami (PDF) universitet saytida e’lon qilinadi;
— shaxsan, sirtdan yoki onlayn ishtirok etish imkoniyati.

Axborot xati bilan tanishish: havola ustiga bosing

Onlayn qatnashish: zoom havolasi
Konferensiya identifikatori: 383 641 8273
Kirish kodi: 1

Tezislar qabuli (Layli Mirzayeva)
📥 Telegram: @layli2_001
📄 E-mail: layli.mirzayeva.2974@gmail.com
☎️ +998904810246

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi 341A (xarita)

Tegishli

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
Yangilik | Ilm-fan

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari

AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…

1 daqiqa o‘qish