Ilm-fan
O‘zbekiston texnologik ekotizimida navbatdagi qizg‘in poyga o‘z nihoyasiga yetdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika miqyosidagi UzTech Hackathon 2026 g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston texnologik ekotizimida navbatdagi qizg‘in poyga o‘z nihoyasiga yetdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika miqyosidagi UzTech Hackathon 2026 g‘oliblari aniqlandi. Dasturchilar, dizaynerlar va AI…

O‘zbekiston texnologik ekotizimida navbatdagi qizg‘in poyga o‘z nihoyasiga yetdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tomonidan tashkil etilgan respublika miqyosidagi UzTech Hackathon 2026 g‘oliblari aniqlandi.
Dasturchilar, dizaynerlar va AI ishqibozlarini birlashtirgan ushbu tanlov shunchaki musobaqa emas, balki yosh startapchilar uchun yirik investitsiya va netvorking maydoniga aylandi.
🏆 G‘oliblar bilan tanishing:
Uzoq davom etgan saralash va final bosqichidagi «pitch»lardan so‘ng, eng kuchli deb topilgan jamoalar:
1-o‘rin Invisible Power (5,000,000 so‘m)
2-o‘rin Surgi X (4,000,000 so‘m)
3-o‘rin Team X (3,000,000 so‘m)
📌 Maxsus nominatsiyalar:
• Tahlilchi AI — «Eng innovatsion AI yechim» nominatsiyasi g‘olibi (1,000,000 so‘m).
• Proteus — «Eng yaxshi UI/UX dizayn yechim» nominatsiyasi g‘olibi 1,000,000 so‘m).
• Proto Labs — «Eng istiqbolli loyiha» nominatsiyasi g‘olibi 1,000,000 so‘m).
Barcha g‘oliblarga zafarlar tilaymiz! Kelajak — yosh quruvchilar qo‘lida.
Tegishli
«Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» xalqaro kongressida ishtirok etish imkoniyati
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan «Turkiy dunyo madaniyati va barqarorlik» I xalqaro kongressida oflayn ishtirok etish uchun 10 ta o‘rin ajratilgan. Ilmiy maqolasi bilan qatnashgan talaba va tadqiqotchilar o‘z ishlarini…
1 daqiqa o‘qish

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…
1 daqiqa o‘qish

AIFU vakili Jeneva diplomatik markazida o‘tkazilgan xalqaro sammitda ishtirok etdi
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti vakili Zoxidov Abdulla Alimovich European Youth Summit 2026 doirasida dunyoning eng nufuzli diplomatik markazi — Jenevada o‘tkazilgan xalqaro sessiyalar va institutsional tashriflarda faol ishtirok etdi. Sammit dasturi…
1 daqiqa o‘qish
