Xalqaro hamkorlik
AIFU va Selçuk University o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Turkiyaning yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Selçuk University bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida dastlabki hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi: — Talabalar va…

Turkiyaning yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Selçuk University bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida dastlabki hamkorlik muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
— Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
— Qo‘shma ilmiy grantlar va tadqiqot loyihalari;
— Magistratura uchun qo‘shma ilmiy rahbarlik;
— Xalqaro konferensiya va akademik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish.
Yakunda Selçuk University rahbariyati AIFU delegatsiyasini 2026-yil aprel oyida Konya shahriga rasmiy tashrif bilan taklif qildi. Tashrif davomida hamkorlikning amaliy bosqichlarini belgilovchi kelishuvlarni imzolash rejalashtirilmoqda.
🏛 Selçuk University 1975-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 61 784 nafardan ortiq talaba tahsil olayotgan Turkiyaning yirik oliygohlaridan biridir.
⚡️ Mazkur hamkorlik AIFU talabalari va olimlari uchun xalqaro ilmiy maydonda yangi imkoniyatlar yaratadi.
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish




