Asosiy kontentga o‘tish

Xalqaro hamkorlik

🤝 AIFU va Turin akademik litseyi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi. Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma faoliyat olib boriladi: ▫️…

🤝 AIFU va Turin akademik litseyi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
AIFU

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi o‘rtasida rasmiy hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shma faoliyat olib boriladi:

▫️ O‘quv-uslubiy va ilmiy loyihalar;

▫️ Fan olimpiadalari va turli tanlovlar;

▫️ Qo‘shma seminar hamda treninglar;

▫️ Pedagog kadrlar malakasini oshirish;

▫️ Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ular bilan tizimli ishlash.

Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilari uchun universitetda tashkil etiladigan ochiq ma’ruzalar, ilmiy mashg‘ulotlar va turli ma’rifiy tadbirlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatlari yaratiladi.

✨ Mazkur istiqbolli hamkorlik ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish va yoshlarning akademik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fotogalereya

  • 🤝 AIFU va Turin akademik litseyi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Tegishli