Asosiy kontentga o‘tish

Ilm-fan

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi

2025-yil 30-may kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti xalqaro aloqalar doirasida muhim qadam tashladi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi
AIFU

 2025-yil 30-may kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti xalqaro aloqalar doirasida muhim qadam tashladi. Universitet tomonidan Baku davlat universiteti (BSU) hamda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti (UNEC) bilan ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan anglashuv memorandumlari imzoladi.
Ushbu hujjatlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutadi:
– qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
– konferensiya, seminar, simpoziumlar va treninglar tashkil etish;
– professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;
– qo‘shma nashrlar, akademik dasturlar va madaniy tadbirlarni yo‘lga qo‘yish.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida 2+2 va 1+1 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Ushbu dasturlar doirasida talabalar ikki oliy ta’lim muassasasining diplomiga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu bitimlar AIFUning xalqaro ta’lim maydonidagi obro‘-e’tiborini mustahkamlab, yangi ilmiy va akademik imkoniyatlar eshigini ochadi.

Tegishli

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari
Yangilik | Ilm-fan

«Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida xalqaro o‘quv seminari

AIFU va OXUS universitetlari hamkorligida, Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) hamda Balıkesir universiteti Uzluksiz ta’lim amaliyoti va tadqiqotlari markazi (BAÜNSEM) tomonidan «Generativ sun’iy intellekt va etika» mavzusida…

1 daqiqa o‘qish