Xalqaro hamkorlik
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 29-noyabr kuni Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi vakillari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv ta’lim, ilm-fan va talabalik almashinuvi sohalarida yangi…

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida 29-noyabr kuni Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi vakillari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv ta’lim, ilm-fan va talabalik almashinuvi sohalarida yangi imkoniyatlarni ochish bo‘yicha kelishuvlarga boy bo‘ldi.
Uchrashuvda quyidagi hurmatli mehmonlar ishtirok etdilar:
– Prof. Dr. Musa Kazım ARICAN – Ankara Sosyal Bilimler Üniversitesi rektori;
– Serdar ÇALIMLI – Rektor maxsus kotibi;
– Murat KAHRAMAN – TÜRKSOY Yozuvchilar uyushmasi Bosh koordinatori;
Ushbu tashrif davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq kelishuvlar amalga oshirildi:
– Professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
– Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha 1+1 ta’lim shakli bo‘yicha magistrlar va 2+2 ta’lim shakli bo‘yicha bakalavrlar talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
– Ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
– Magistr va PhD talabalarning ilmiy ishlariga birgalikda rahbarlik qilish;
– Ilmiy konferensiyalar tashkil etish;
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish
