Xalqaro hamkorlik
Mudanya University bilan hamkorlik memorandumi imzolandi!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Mudanya University (Bursa, Turkiya) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi. Mudanya University — zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik aloqalari bilan tanilgan Turkiya…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va Mudanya University (Bursa, Turkiya) o‘rtasida rasmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mudanya University — zamonaviy ta’lim yondashuvlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro akademik aloqalari bilan tanilgan Turkiya universitetlaridan biri.
Memorandum quyidagi imkoniyatlarni beradi:
— Talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
— Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va akademik nashrlar;
— Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ilmiy tadbirlar;
— Qo‘shma o‘quv dasturlari va tajriba almashinuvi.
Bu hamkorlik ikki universitet talabalari uchun qo‘shma loyihalar, seminarlar va laboratoriya mashg‘ulotlarida birga ishlash imkoniyatini yaratadi.
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish


