Ilm-fan
Özbek va noğay xalqlarining 49 ta uruği bir xil ekanini bilarmidingiz?
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) qoşidagi Oltoyşunoslik va turkologiya markazi rahbari, filologiya fanlari boyiça falsafa doktori (PhD) Anvar Böronov hamda ToşDO‘TAU dotsenti, tarix fanlari boyiça falsafa doktori…

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) qoşidagi Oltoyşunoslik va turkologiya markazi rahbari, filologiya fanlari boyiça falsafa doktori (PhD) Anvar Böronov hamda ToşDO‘TAU dotsenti, tarix fanlari boyiça falsafa doktori (PhD) Alişer Yorqulov iştirokidagi yangi suhbat qardaş noğay xalqining tarixi, tili va özbek xalqi bilan muştarak ildizlariga bagişlandi.
Yaqinda Qoraçoy-Çerkesiya Respublikasining Çerkessk şahrida ötkazilgan xalqaro ilmiy konferensiyadan qaytgan olimlar suhbat davomida juda qiziqarli tarixiy dalillarni tahlil qildilar:
• 49 ta umumiy uruğ: özbeklardagi 92 ta uruğ va noğaylardagi 73 ta uruğ özaro soliştirilganda, ularning 49 tasi — Nayman, Qipçoq, Qöñğirot, Qatoğon va başqalar — aynan bir xil ekani ma’lum böladi. Hatto noğaylar orasida “Özbek” uruği ham mavjud.
• Movarounnahr va Buxoro izlari: Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi “Noğay ota” tepaligi hamda noğaylar orasida hanuzgacha “Buxor börk” deb ataladigan qorako‘l baş kiyimlari bunga misol bölа oladi.
• Tarjimonsiz muloqot va milliy özlik: qabr taşlariga oyilgan qadimiy uruğ tamğalari, “Noğay davisi” (“Noğay ovozi”) gazetasi va uruğ nomlari saqlanib qolgan familiyalar xalqlar örtasidagi muştaraklikni körsatadi.
• Tarixiy bag‘rikenglik: noğay folklorida To‘xtamişxon va Edigey bilan bir qatorda Sohibqiron Amir Temurga bagişlangan “Amir Temir Köragon” dostoni ham e’zozlanadi.
• Ulkan Noğay ördasining taqdiri: Ğarbiy Sibirdan Qrimgacha çözilgan davlatchilik tarixi hamda noğay xalqining bugungi hududiy tarqoqligi sabablari haqida ham suhbat davomida batafsil söz yuritildi.
Töliq suhbatni YouTube kanalimizda tomoşa qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=iGvA8ZXOua4
Tegishli

AIFU ustozi Anvar Böronovning ijtimoiy-tahliliy maqolalari Oyina.uz portalida
Nega töylarimiz tobora dabdabali bölib bormoqda? Bugun olim böliş nimani anglatadi? Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Altaistika va turkologiya markazi rahbari, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) Anvar…
1 daqiqa o‘qish

“Ustoz”: akademik Azimboy Sa’dullayev haqida hujjatli film
"Birorta öquvçim teorema isbot qilsa, öşa kuni men uçun bayram" Bu sözlar akademik Azimboy Sa’dullayevga tegişli Ayni daqiqalarda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida uning nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi — SIMO…
1 daqiqa o‘qish

Korporativ boşqaruv böyiça ilmiy seminar
Universitetimizda “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-öqituvçilari va magistrantlar uçun “Özbekistonda korporativ boşqaruvning amaliy jihatlari va qonunçilikdagi sönggi özgarişlar” mavzusida ilmiy seminar bölib ötdi.
1 daqiqa o‘qish
