Asosiy kontentga o‘tish

Ilm-fan

“Ustoz”: akademik Azimboy Sa’dullayev haqida hujjatli film

"Birorta öquvçim teorema isbot qilsa, öşa kuni men uçun bayram" Bu sözlar akademik Azimboy Sa’dullayevga tegişli Ayni daqiqalarda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida uning nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi — SIMO…

“Ustoz”: akademik Azimboy Sa’dullayev haqida hujjatli film
AIFU

"Birorta öquvçim teorema isbot qilsa, öşa kuni men uçun bayram"
Bu sözlar akademik Azimboy Sa’dullayevga tegişli

14-noyabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida uning nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasi — SIMO 2026 oçiliş marosimi bölib ötdi.

Marosim uçun “Ustoz” hujjatli filmi tayyorlandi.

Xorazmning Şovot tumanidagi Manaq qişloğida tuğilgan Azimboy Sa’dullayev Toşkent va Moskvada öqidi, matematikadagi yangi yönaliş — kompleks potensiallar nazariyasiga asos solganlardan biri böldi. Vataniga qaytgaç, Urganç davlat universitetining birinçi rektori va qayta tiklangan Xorazm Ma’mun akademiyasining birinçi raisi sifatida işladi. Umrining oxirigaça dars berdi, jumladan universitetimizda ham.

Filmda uning öz ovozi va şogirdi Tohir Töyçiyevning xotiralari bor. Arxiv kadrlari "Yoşlar" teleradiokanalining "Ziyo darğalari" körsatuvidan olindi.

"Hozirgi beş yil qirq yil, ellik yilga xizmat qiladi", — degan edi u talabalarga.

14–15-noyabr kunlari şu sözlar aytilgan auditoriyalarda 40 ta oliy ta’lim muassasasidan röyxatdan ötgan 541 nafar talaba bellaşdi.

Videoni Telegram kanalimizda tomoşa qiling

Tegishli

Korporativ boşqaruv böyiça ilmiy seminar
Yangilik | Ilm-fan

Korporativ boşqaruv böyiça ilmiy seminar

Universitetimizda “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-öqituvçilari va magistrantlar uçun “Özbekistonda korporativ boşqaruvning amaliy jihatlari va qonunçilikdagi sönggi özgarişlar” mavzusida ilmiy seminar bölib ötdi.

1 daqiqa o‘qish