Asosiy kontentga o‘tish

Xalqaro hamkorlik

AIFU va BAÜN TTO o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) va Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti…

AIFU va BAÜN TTO o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
AIFU

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi (BAÜN TTO) va Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti (AIFU) o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, professor G‘olibjon Botirov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Shuningdek, uchrashuvda Balıkesir universiteti Chet tillar maktabi direktori va AIFU huzuridagi O‘zbek–Turk xalqaro fan, madaniyat va san’at markazi professori, doktor Halil Küçükler ham qatnashdi.

Delegatsiyani Balıkesir universiteti prorektori va BAÜN TTO prezidenti, professor Fatih Satil, BAÜN TTO koordinatori, dotsent doktor Fatmagül Tolun, shuningdek, BAÜN TTO jamoasi a’zolari doktor Aytekin Ulutaş va doktor Mesut Eryiğit kutib oldilar.

Uchrashuv davomida BAÜN TTO tomonidan amalga oshirilayotgan texnologiyalar transferi, tadbirkorlik, intellektual mulkni boshqarish hamda universitet–sanoat hamkorligi yo‘nalishidagi faoliyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik dasturlarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif yakunida Balıkesir universiteti Texnologiyalar transferi ofisi va Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘rtasida texnologiyalar transferi va innovatsiya sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik protokoli imzolandi. Ushbu protokol ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida barqaror, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Mazkur hamkorlik AIFUning xalqaro ilmiy aloqalarini mustahkamlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Tegishli