Xalqaro hamkorlik
Dunyo TOP-10 taligiga kiruvchi universitet bilan hamkorlik sari strategik qadam: AIFU’da yuqori darajadagi uchrashuv
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda professor Truong Nguyen boshchiligidagi University of California, San Diegoning Jacobs School of Engineering…

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda professor Truong Nguyen boshchiligidagi University of California, San Diegoning Jacobs School of Engineering vakillari ishtirok etdi.
Mazkur oliy ta’lim muassasasi AQShdagi eng nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, milliy reytinglarda TOP-5 talikka kiradi hamda jahon miqyosida yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu jihatdan, ushbu uchrashuv AIFU’ning global akademik makondagi integratsiyasi yo‘lida muhim strategik ahamiyat kasb etadi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikni tizimli rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan:
— talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
— qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish;
— ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish;
— xalqaro grant va innovatsion dasturlarda hamkorlik.
‼️ Alohida e’tibor muhandislik, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida tajriba almashuvini kengaytirishga qaratildi.
Professor Truong Nguyen — video va tasvirni qayta ishlash, kam resurs talab qiluvchi samarali texnologiyalar yaratish sohasida xalqaro miqyosda tan olingan yetakchi olimlardan biri. Uning ilmiy ishlanmalari ko‘ngilochar texnologiyalar, aqlli kuzatuv tizimlari va yuqori aniqlikdagi hisoblash tizimlarida keng qo‘llanilmoqda.
Mazkur uchrashuv AIFU’ning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyani chuqurlashtirish hamda talabalar uchun xalqaro darajadagi yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim strategik qadam sifatida baholanadi.
☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
Fotogalereya
Tegishli

AIFU va Xi’an International University o‘rtasida yangi ta’lim dasturlari muhokama qilindi
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Xi’an International University (XAIU) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda ikki universitet o‘rtasida 2+2 va 1+2+1 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini…
1 daqiqa o‘qish

AIFUda 16 mamlakat vakillarini birlashtirgan ICTS 2026 xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi
26-sentabr kuni Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida Og‘zaki va yozma tarjimashunoslik bo‘yicha 7-xalqaro konferensiya — ICTS 2026 bo‘lib o‘tdi. Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Silk Road Global Institute hamkorligida tashkil etilgan anjumanda…
1 daqiqa o‘qish

Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón ICTS 2026 bosh ma’ruzachisi
AI tarjima qilayotgan davrda mutaxassis nimasi bilan ustun bo‘ladi? Universitat Autònoma de Barcelona (UAB) professori Pilar Sánchez-Gijón — ICTS 2026 (7th International Conference on Translation Studies) bosh ma’ruzachisi! U 2001-yildan beri tarjima…
1 daqiqa o‘qish




